date

Beeline Club va Coffee Milk Facebook‘da tanlov boshlashdi

Beeline Club va Coffee Milk Facebook‘da tanlov boshlashdi

Beeline Club o‘z hamkori Coffee Milk qahvaxonasi bilan hamkorlikda Facebook foydalanuvchilari uchun tanlov e’lon qildi.

G‘olib Coffee Milk qahvaxonasida nonushta qilish uchun 150 000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritadi. Tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club va Coffee Milk sahifalariga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Men nonushta qilishni sevaman, men Coffee Milk‘ni tanlayman” deb yozish lozim. G‘oliblar ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 30 sentyabr kuni chop etiladi.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin. Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline Club va Coffee Milk Facebook‘da tanlov boshlashdi