Jahonga mashhur fizik olim Stiven Xoking 14-Yalta Yevropa strategiyasida (YES) gologramma ko‘rinishida namoyon bo‘lib, anjuman ishtirokchilarini hayratlantirdi.
Hromadske nashrining xabar qilishicha, mashhur olimning nutqi boshqa sayyoralarni egallash, Oyda mustamlaka yaratish va sun’iy ong kabi masalalarga bag‘ishlangan.
Olim ixtirochi Ilon Mask bilan sun’iy ongni nima uchun va qanday qilib ehtiyotkorlik bilan o‘rganish haqidagi petitsiyani imzolaganini so‘zlab bergan. “Oyog‘ingiz ostiga emas, yulduzlarga qarang, qiziquvchan bo‘ling”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan olim.
Olimning fikricha, sun’iy ong sekin kechuvchi biologik evolyutsiya bilan cheklangan odamlardan ko‘ra tezroq o‘zini qayta shakllantira olishi mumkin. Shu sababli odamlarga sun’iy ong bilan borgan sari raqobatlashish qiyin bo‘ladi.
Yalta European Strategy forumi Ukraina va dunyoning nufuzli siyosatchilari va tadbirkorlari yig‘iladigan anjuman bo‘lib, 2004 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Ushbu forumning asoschisi taniqli ukrainalik tadbirkor va saxovatpesha Viktor Pinchuk hisoblanadi. Anjumandan maqsad Ukraina, uning yevropacha kelajagini rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi