date

Jahonda 4 mlrdga yaqin odam internetga ulanmagan

Jahonda 4 mlrdga yaqin odam internetga ulanmagan

4 mlrdga yaqin odam, ya’ni sayyoramiz aholisining 57 foizga yaqini internetga kirishga imkoni yo‘q. Bu haqda BMTning internet-texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi. Buni Reuters axborot agentligi keltirmoqda.

Qo‘mita vakillarining aytishicha, rivojlangan davlatlarda internet bozori to‘lib ketgan bir vaqtda dunyoning 48 ta eng kambag‘al davlatidagi 90 foizga yaqin aholi internetga ulanmagan. Shuningdek, yangi ulanishlar o‘sishi sur’atlari joriy yilda sustlashadi, hamda 8,1 foizni tashkil qiladi. 2012 yilgacha bu ko‘rsatkich yiliga kamida 10 foizni tashkil qilgan. Komissiyaning ma’lum qilishicha, internetga ulanganlar soni 4 mlrdga 2020 yildan keyin etadi.

Komissiyaning ta’kidlashicha, Facebook foydalanuvchilari soni internet foydalanuvchilari sonidan tezroq ko‘paymoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Jahonda 4 mlrdga yaqin odam internetga ulanmagan