Massachusets texnologiya universiteti geofizik olimi Daniyel Rotman matematik model yordamida XXI asr oxirida Yer sayyorasida global halokat boshlanishini aniqlandi. Bu karbonat angidridning antropogen chiqindilari ko‘payishi bilan bog‘liq uglerod global silsilasidagi o‘zgarishglar oqibatida ro‘y beradi. Maqola Science Advances jurnalida chop etildi, press-reliz «Phys.org» saytiga joylashtirildi.
Rotman oxirgi 450 million yil ichida uglerod geokimyoviy aylanmasidagi o‘zgarishlarni tahlildan o‘tkazib, turlarning yo‘q bo‘lish tezligi odatdagidan yuqoriroq bo‘lgan beshta yirik halokat davrida qayd qildi. U biosfera beqarorlashuvi uglerod silsilasining chetga chiqishi chog‘ida ro‘y berishini aniqladi.
Shu asosda tadqiqotchi okeandagi noorganik uglerod hajmi o‘zgarishini bu o‘zgarish tezligi bilan bog‘laydigan maxsus formula ishlab chiqdi. U fojia ikki holatdan birida ro‘y berishi haqida xulosa qildi. Agar uglerod sekin to‘plansa, turlarning yo‘q bo‘lishi ekotizimlar uning akkumulyatsiyasiga moslasha olmaydigan sharoitda ro‘y beradi. Tezkor, ammo qisqa muddatli akkumulyatsiya ro‘y bergan taqdirda hajm o‘zgarishining kattaligi turlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar