01:34 / 23.09.2017
5 988

Apple bir haftada 43 milliard dollar kapitalizatsiyasini yo‘qotdi

Apple bir haftada 43 milliard dollar kapitalizatsiyasini yo‘qotdi
AQShning Apple korporatsiyasi kapitalizatsiyasi joriy haftada oxirgi 17 oy ichidagi eng yomon natijani qayd etib, 43 milliard dollarga qisqardi. Bu haqda, NASDAQ birjasi ma’lumotlariga tayanib, Financial Times nashri xabar bermoqda.

22 sentyabr kuni korporatsiya aksiyalarining narxi 1,6 foizga tushdi, 18 sentyabrdan boshlab umumiy tushish esa 5,2 foizni tashkil etdi.

Korporatsiya aksiyalari narxi 22 sentyabr kuni sotuvga chiqarilgan Apple Watch soatida internet bilan bog‘liq muammolar borligi haqidagi xabarlar tufayli tushib bormoqda. Bundan tashqari, tahlilchilar iPhone 8 smartfoniga bo‘lgan talab bo‘yicha salbiy prognozlar berdi — ularning fikricha, yangi gadjet iPhone 7 dan jiddiy farq qilmaydi.

Ekspertlarning fikricha, Apple muxlislari oktyabr boshida chiqishi kutilayotgan iPhone X smartfonini ko‘zlab, sukut saqlayotgani ham iPhone 8 ga bo‘lgan talab hajmiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Manba: «Daryo» nashri

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple bir haftada 43 milliard dollar kapitalizatsiyasini yo‘qotdi