Amerikaning Apple korporatsiyasi dunyoning 100 ta eng qimmat brendlari ro‘yxatida yetakchilik qildi, deb yozadi «Daryo». Tegishli an’anaviy reytingni Interbrand konsalting kompaniyasi e’lon qildi.
Apple ushbu ro‘yxatda ketma-ket besh yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Uning brendi narxi o‘tgan yil ichida 3 foizga oshib, qariyb 184,2 milliardga teng bo‘ldi.
Ikkinchi pog‘onada Google joylashdi, uning brendi bir yilda 6 foizga qimmatlashib, 141,7 milliard dollarga yetdi. Uchinchi o‘rinni 10 foizga qimmatlashib, deyarli 80 milliard dollarga yetgan Microsoft brendi band etdi.
Reytingning birinchi o‘nligiga shuningdek, Coca-Cola (69,7 milliard dollar), Amazon (64,7 milliard dollar), Samsung (56,2 milliard dollar), Toyota (50,3 milliard dollar), Facebook (48,2 milliard dollar), Mercedes (47,8 milliard dollar) va IBM (46,8 milliard dollar) kirdi.
Reytingni tuzishda Interbrand savdolarning moliyaviy natijalari, brendning taniqliligi, shuningdek, uning bozorga ta’siri (bu kompaniyaga nominal qiymatdan balandroq narxni o‘rnatishda yordam beradi) kabi omillarni hisobga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi