YouTube'ning SuperSaf TV videoblogi muallifi iPhone 8 Plus va Galaxy Note 8'ni sifatli suratlar va roliklar olish xususiyatlariga ko‘ra taqqosladi. Ikki kamera ham o‘ziga xos ustunliklarga ega bo‘lib chiqdi.
Top smartfonlar tasvirni ikki karra optik kattalashtirish va portret s’yomkaning qo‘shimcha imkoniyatlariga ega ikki 12 megapikselli asosiy kameralar bilan ta’minlangan. Ta’kidlash joizki, Samsung flagmani foydalanuvchilarga optika va ajoyib stabilizatsiyaga ega teleob’ektiv, shuningdek tayyor suratlarda orqa fonni xiralashtirish imkonini taklif etadi. Qayta ishlash jarayonida suratlarni kontrast qayta ishlash rejimi taklif etiladi. iPhone 8 Plus esa studiya yoritgichlari effektini beruvchi yangi s’yomka rejimi va tabiiy ranglarga maksimal yaqinlashtirilgan filtrlari bilan maqtana oladi.
Suratlar masalasida har bir foydalanuvchi qaysi kompaniya mahsuloti qulay ekani borasida mustaqil qaror qabul qilishi mumkin bo‘lsa, video masalasida bunday deb bo‘lmaydi.
Videos’yomka rejimida iPhone flagmani yetakchilik qiladi: u FullHD (1920 x 1080 piksel)da soniyasiga 240 kadr chastotali sekinlashtirilgan video yozuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Koreya smartfonida esa mazkur rejim faqat HD-formatda (1280 × 720 nuqta) ishlaydi. Bundan tashqari, taklif qilingan videoga qaraganda, yangi olma smartfoni stabilizatsiyasi Samsung flagmanidan yaxshiroq.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi