07:30 / 27.09.2017
5 792

Ford o‘z mashinalarining to‘liq elektr versiyaga aylantirilishini e’lon qildi

Ford o‘z mashinalarining to‘liq elektr versiyaga aylantirilishini e’lon qildi
AQShning Ford kompaniyasi 2030 yilga qadar butun modellar qatorini elektr versiyaga aylantirishini ma’lum qildi.

Ford rejalarida 2020 yilda yurish zaxirasi 480 km ga teng elektr krossover va 2030 yildan elektr privod va yonilg‘ining muqobil turlarida ishlovchi dvigatelli avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarish bor.

"Biz iqlim o‘zgarishi insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi voqeligini bilamiz va biz issiqxona gazlarining global chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha katta rejalar ustida butun dunyo yetakchilari bilan ishlashni davom ettiramiz. Shu bilan birga yangi dunyo – ongli avtomobillar va ongli muhit, karshering, multimodal harakatlanish, dastur orqali chaqirtiriluvchi yo‘nalish taksilari dunyosiga kirishimiz evaziga atrof-muhitni saqlashga ulushimizni qo‘shish imkoni bor", deb aytgan kompaniyaning ijrochi direktori Bill Ford.

Modellar qatorini modifikatsiyalashga yo‘naltiriladigan sarmoya miqdori 4,5 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu esa yaqin 5 yil ichida 13 ta yangi elektr privodli modellarni ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Elektrlashtiriladigan modellar ro‘yxati F-150 pikapining gibrid versiyasi, Mustang sport kupesi, Transit Custom plagin-gibrid, politsiya uchun ikkita gibrid modelni o‘z ichiga olgan.

Bundan tashqari, 2021 yilda taksi xizmati va karsheringda qo‘llash uchun gibrid privodli avtonom shattl (avtobus) chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ford o‘z mashinalarining to‘liq elektr versiyaga aylantirilishini e’lon qildi