3 706
Eronda Telegram asoschisiga qarshi terrorchilar va narkodilerlarga yordam berish ayblovi bilan jinoiy ish ochildi
Eron rasmiylari Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «The Daily Star»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Tehron prokurori Abbos Ja’fariy Davlatobodiy messenjerdan IShID jangarilari foydalanishini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, u messenjer narkotik tarqatuvchilar orasida mashhurligidan xavotir bildirdi.
Nashrga ko‘ra, Durov Eron hududida istiqomat qilmaydi, shu bois Eron rasmiylari uni qanday qilib javobgarlikka tortishi tushunarsiz.
Durovning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali bu faktdan hayratdaligini bildirdi. Uning fikricha, Eron hukumatining dushmanlik kayfiyati boshqa sababga ega.
Durov Telegram jamoasi har kuni ekstremistik kontentga ega minglab kanallarni bloklashini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi