
Beeline Germaniyada rouming geografiyasini kengaygani haqida xabar beradi. Vodafone kompaniyasi bilan imzolangan shartnomalar natijasida, Beeline abonentlari ovozli, internet va CAMEL-rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL -rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar - jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.
Beeline 2010 yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operatorlar bilan ishonchli hamkorlik aloqalari tufayli taqdim etilgan. Beeline abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatlarida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 103 ta dunyo mamlakatlarida 231 operatorlar tomonidan taqdim etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar