Telegram servisi asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, kompaniya o‘z siyosatini davom ettiradi, foydalanuvchilar anonimligi va axborot almashishi erkinligini himoya qiladi.
«Telegram erkinlik va maxfiylikni himoya qilishda davom etadi. Mamlakatlar tomonidan qo‘yilgan qandaydir cheklovlar hech narsani o‘zgartirmaydi», - deya yozdi Durov Telegram’dagi o‘z kanalida.
Bundan tashqari, messenjer yaratuvchisi Rossiya va Eron hukumati bunday ilovalar faoliyatini tartibga solish doirasida o‘z pozitsiyasini yumshatishiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, bir kun Eron va Rossiya shunday nuqtaga yetadiki, biz hamda boshqa AT-kompaniyalar u yerda o‘z ofislarimizni ochishimiz mumkin bo‘ladi. Ungacha foydalanuvchilarga anonim ravishda xabar almashish imkoniyatini berishda davom etamiz va erkinlik hurmat qilinadigan mamlakatlar hududida ishlaymiz», - deya ta’kidlaydi Durov.
O‘tgan seshanba kuni Eron prokuraturasi Durovga qarshi jinoiy ish ochdi. Eron prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, messenjer bolalar pornografiyasini, shuningdek, IShID terroristik guruhi jangarilari tomonidan ekstremistik ma’lumotlarni tarqatish maqsadida ishlatilgan.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforovning «Interfaks»ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, kompaniya Rossiya qonunchiligiga rioya qilmaslikda davom etsa, Telegram messenjeri bloklab qo‘yilishi mumkin. Vazirning ta’kidlashicha, «qonunni bajarish nuqtai nazaridan hamkorlik qilmaydigan kompaniyalar bloklanadi».
Shuningdek, Rossiya va Eron rasmiylarining talablarini izohlar ekan, Telegram asoschisi Durov kompaniyaga bosim o‘tkazadigan mamlakatlarda biznesni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi.
«Ba’zi mamlakatlarda biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoyasi tufayli bosim ostida qolayotganimizdan tashvishlanmayapmiz. Biz bunday mamlakatlar bilan ham shaxsiy, ham ishbilarmon aloqalarni uzishga har doir tayyormiz, shu tariqa ular bunday bosim o‘tkazish imkoniyatidan mahrum etiladi», - deya yozdi Durov.
Rossiya va Erondagi ta’qiblar Telegram biznesi uchun unchalik muhim emas, sababi kompaniya ushbu mamlakatlarning hech birida yuridik shaxs sifatida mavjud emas, dedi Durov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan shu nuqtai nazardan so‘nggi aloqa iyulda uzilgan. O‘shanda Telegram messenjerning spamdan himoyasini ta’minlovchi Peterburgning «Telegraf» MChJ bilan aloqalarni to‘xtatgandi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, unda Eronda non-grat personasi bo‘lishdan qo‘rquv yo‘q. Sent-Kitts va Nevis federatsiyasi (Britaniya hamdo‘stligiga kiradi) pasportiga ega bo‘lgan tadbirkor uchun Rossiyaga tashrif buyurishning qiyinlashishi sezilarli zarba bo‘lib tushishi mumkin. RFda uning ota-onasi yashaydi. «Ammo bu o‘rtaga tikilgan narsaga nisbatan kichik narx», - deb yozadi Durov.
Telegram asoschisining fikricha, Eron va Rossiya hukumati biznes yuritish erkinligini cheklab, o‘z mamlakatlarining iqtisodiga ko‘proq zarar keltirmoqda. So‘nggi yillarda Google, Oracle va Microsoft Rossiyada rivojlanish bo‘yicha ofislarini yopishdi, ularning ketidan uncha katta bo‘lmagan kompaniyalar ham shunday qarorga kelishgan, deya ta’kidlab o‘tdi Durov o‘z bayonotida.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"