5 200
Odnoklassniki Mobicon 2017da o‘zbek brendlari uchun yangi vositalar haqida so‘zlab berdi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmoq vakillari 27 sentyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mobil texnologiyalari va marketingga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdilar. Konferensiyada spiker sifatida Odnoklassniki loyihasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menedjeri Viktor Kravchenko ishtirok etdi. O‘z chiqishi davomida u ijtimoiy tarmoqning o‘zbekistonlik foydalanuvchilar va yangi mahsulotlari haqida so‘zlab berdi.
«O‘zbekiston — o‘zining 2 060 928ga teng foydalanuvchilari bilan ijtimoiy tarmoqqa tashrif buyuruvchilarning o‘rtcha oylik soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Faqatgina Belarus va Qozog‘iston oldinda. Odnoklassniki foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda o‘rtacha 41 daqiqa vaqt sarflaydilar», — deb aytdi Viktor Kravchenko.
Viktor Kravchenko tomonidan keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, OK ilovasi 30 mln. marotaba yuklab olingan, Google Play’da eng ko‘p muhokama qilingan ilova degan nomga sazovor bo‘lgan va IOS uchun eng yaxshi ilovalar ro‘yxatiga kirgan. Bundan avvalroq 82% foydalanuvchilar mobil telefonlardan foydalanishi xabar qilangan va bu yo‘nalishda O‘zbekiston boshqa MDH mamlakatlarini ortda qoldirmoqda.
Spiker yana Odnoklassnikidagi sahifalar, ularning imkoniyatlari va yaqinda ishga tushirilgan maxsulotlar va xizmatlar peshtaxtalari, guruhlar uchun xabarlar, OK mobil ilovalarida tahlil va foto, video yoki maxsulotlarni namoyish etish mumkin bo‘lgan guruhlardagi sozlanuvchi kontentli bloklar kabi yangiliklar haqida so‘zlab berdi. Spiker videokontentga ham aloxida e’tibor qaratdi.
«Xozirda videokontentlar ijtimoiy tarmoqlarda juda ham ommabop, Odnoklassniki bundan mustasno emas. Odnoklassnikida videolarni tomosha qilish soni sutkasiga 350 milliondan ortiq. Ushbu sonning 2 millionga yaqini O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi», — deydi Viktor Kravchenko.
O‘z chiqishida Viktor Kravchenko OKning reklama maydonlari imkoniyatlari bilan tanishtirishga alhida e’tibor qaratdi. Viktor Kravchenko katta miqdordagi targetlar va eng samarador reklama formatlari xaqida batafsil ma’lumot berdi. Hususan, u brendlar reklamasi uchun promopostlar, matnli nativ reklama formati, foto va videoni ishlatishni, xamda yangi vositalar: “O‘tish”, “O‘rnatish”, “Qo‘ng‘iroq qilish” va boshqa tugmali reklama, bir e’londa bir necha maxsulotlarni reklama qilish imkoniyatini beruvchi “Karusel” formati va mobil reklamani yangi to‘liq ekranda namoyish etadigan Canvas formatidan foydalanishni maslahat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"