
Dubay butun dunyoni hayratlantirishda davom etmoqda. Zamonaviylikni aks etturuvchi bu shaharda yaqin vaqtlar ichida uchib yuruvchi dron-taksilar paydo bo‘lishi mumkin.
Manbada aytilishicha, dushanba kuni Dubay shahri rasmiylari ishtirokida ilk uchib yuruvchi taksilar taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Ular hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda va yaqin vaqtlar ichida shaharda paydo bo‘lishi mumkin.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, Dubay uchuvchi taksilar harakatlanadigan dunyodagi birinchi shaharga aylanadi. O‘ziga xos dron-taksilar Germaniyaning «Volocopter» nomli dron ishlab chiqaruvchi korxonasida tayyorlangan. U hech qanday yoqilg‘isiz, batareya bilan ishlaydi. Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, dron-taksining tepa qismiga 18ta «qanot» o‘rnatilgan. Birinchi sinovda taksi osmonga 200 metrgacha ko‘tarilgan.
Germaniya korxonasi bilan birgalikda Dubaydagi bu loyihani amalga oshirish uchun AQSh va Yevropaning yana 12ta korxonasi kurash olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shahardagi katta tirbandlik vaqtida foydalanishi kutilayotgan taksilarni kutish va chaqirish uchun smartfonlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Telefondagi maxsus dastur orqali mijoz o‘ziga yaqin hududda bo‘lgan taksini chaqirishi mumkin.




“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar