
Gadjetning qalinligi 10 millimet bo‘lib, uning og‘irligi 1 kilogrammga teng.
«Bu planshet sifatida foydalanishda qulay bo‘lgan birinchi almashuvchan noutbukdir», — deydi kompaniya vakili.

Xrombuk ekranining diagonali Quad HD LCD disleyi bilan 12,3 dyuymni tashkil etadi.

Qurilma Core i5 va i7 protsessorlariga asoslangan bo‘lib, 16 Gb tezkor xotiraga va 512 Gb ichki xotiraga ega.

Ishlab chiqqaruvchining ta’kidlashicha, Pixelbook bir marta quvvat olgan holda 10 soat ishlay oladi. 10 daqiqa quvvatlantirishda ham qurilma ancha vaqtga qadar ishlashi mumkin.

Gadjetning narxi AQSh hududida 999 dollarni tashkil etadi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar