14:35 / 11.10.2017
5 824

«​O‘zbektelekom» narxlar oshirilishi borasidagi qarorini bekor qildi

«​O‘zbektelekom» narxlar oshirilishi borasidagi qarorini bekor qildi
«O‘zbektelekom» AK 6 oktyabr kuni e’lon qilingan narxlar oshirilishi to‘g‘risidagi qarori bekor qilinganligini ma’lum qildi.

Kompaniyaning 2016 yilning 1 iyul kuni kiritilgan «Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» preyskuranti amal qilishda davom etadi.

«O‘zbektelekom» - AK butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta —Uztelecom™, Uzmobile™, Uzonline™ va Telecom TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «​O‘zbektelekom» narxlar oshirilishi borasidagi qarorini bekor qildi