13:52 / 14.10.2017
5 990

Aql bovar qilmas Stiv Jobs: raqamsiz avtomobildan hamshiralar kastingigacha!

Aql bovar qilmas Stiv Jobs: raqamsiz avtomobildan hamshiralar kastingigacha!
Stiv Jobs ismini bir bor bo‘lsada eshitmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Aytishlaricha, u nafaqat teran aql, balki daholarga hos tarzda injiq va o‘zgaruvchan fe’l-atvor sohibi ham bo‘lgan. Keling, uning siz uchun mutlaqo notanish bo‘lgan jihatlariga birgalikda nazar tashlaymiz.

1. Raqamsiz avtomobil
Jobs shahar bo‘ylab davlat raqamiga ega bo‘lmagan kulrang Mersedes-Benz SL55 AMG avtoulovida harakatlangan. Qanday qilib dersiz? Yo‘l qoidalarini sinchiklab o‘rgangan Jobs Kaliforniyada yangi mashina harid qilgan odam 6 oy vaqt mobaynida raqam olishi haqida bilgan va lizing kompaniyasi bilan kelishib, o‘z mashinasini har 6 oyda aynan shunday modelga almashtirib turgan. Jobs mashina raqamlarini o‘ta hunuk deya hisoblagan.

2. Bir hil libos
Dunyoning eng boy kishilaridan biri bo‘lmish Jobs hamisha bir hil – ko‘k rangli jinsi va qora vodolazka kiyib yurgan. Aytishlariga qaraganda, u libos tanlash uchun vaqt sarflashni istamagani bois shunday ish ko‘rgan.

3. Perfeksionist
Jobs o‘ta ketgan perfeksionist bo‘lib, uning shaxsiy roziligisiz biror ish sodir bo‘lsa, barcha ish jarayonni to‘xtatib ham qo‘ygan.

4. Mebel tanlash uchun 8 yil
Jobs o‘z turar joyini jihozlashda ham beqaror bo‘lgan. Bo‘ydoqlik paytlari bitta matras, stol va bir juft kursi bilan kun kechirgan bo‘lsa, uylangach ham o‘z odatlaridan voz kecha olmagan. Jobs uy uchun jihoz tanlash mavzusini erinmasdan 8 yil davomida muhokama qilgan.

5. Hamshiralar kastingi
Umrining so‘nggi yillarida shifoxonada yotgan Stiv o‘ziga ko‘makchi bo‘ladigan 3 ta hamshirani 67 ta tibbiyot vakilalari ichidan tanlab olgan. Pulmonolog Jobsga kuchli tinchlantiruvchi ta’sirga ega niqob taqayotgan payt Jobs uni yirtib tashlagan va niqob dizayni unga yoqmaganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Aql bovar qilmas Stiv Jobs: raqamsiz avtomobildan hamshiralar kastingigacha!