Apple'ning sobiq eksperti iPhone X'ni sinovdan o‘tkazdi

Apple'ning sobiq eksperti iPhone X'ni sinovdan o‘tkazdi
Ilgari Amerikaning Apple kompaniyasida faoliyat yuritgan Rayan Jons iPhone X'ni sinovdan o‘tkazdi. Uning taassurotlari zamonaviy gadjetsevarlarga katta umid bag‘ishlamoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ekspert yangi iPhone X'ni sinovdan o‘tkazib, o‘z mikroblogida shunga oid taassurotlari bilan bo‘lishdi. "Displey shu qadar yorqin-ki! Hoshiyalari sezilmaydi. Mobil telefon qo‘lda ushlash uchun ancha qulay. Qurilmadan foydalangandan keyingi hissiyotlarni tasvirlash qiyin. Men uchun oddiy iPhone'lar endi yo‘q, chunki iPhone X — kelajak telefoni".

Ta’kidlash joizki, iPhone X sotuvlarining boshlanishiga bir necha hafta qoldi. 27 oktyabrdan boshlab dastlabki buyurtmalar qabul qilinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar