Nokia 19 oktyabr kuni yangi smartfonini taqdim etadi

Nokia smartfonlarini chiqaruvchi HMD kompaniyasi 19 oktyabr kuni o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon qildi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» xabar beradi.
Xitoyda bo‘lib o‘tadigan taqdimotda aynan qanday qurilma namoyish etilishi ma’lum emas, ammo u mahalliy yirik chakana savdo kompaniyasi orqali sotuvga chiqariladi.
Bu Nokia 8 ning katta hajmdagi xotirali yangi modifikatsiyasi yoki butunlay yangi qurilma bo‘lishi mumkin.
Avvalroq kompaniya Nokia 9, Nokia 7 va Nokia 2 kabi uchta smartfonni chiqarishga tayyorlanayotgani, ular shu yil yoki kelasi yili taqdim etilishi ma’lum qilingan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xitoyda bo‘lib o‘tadigan taqdimotda aynan qanday qurilma namoyish etilishi ma’lum emas, ammo u mahalliy yirik chakana savdo kompaniyasi orqali sotuvga chiqariladi.

Izohlar 0
…