5 941
5 yildan keyin xonadonlarda taomlar bosib chiqaruvchi 3D-printerlar paydo bo‘ladi (Video)
Al-Qudsdagi Yahudiy universiteti olimlari oqsil, uglevod va yog‘lar hamda nanotsellyulozani diabetiklar, sportchilar va vegetarianlar uchun xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga aylantiruvchi 3D-printerni yaratishdi, deb yozadi Kun nashri.
Olimlar Odeda Shoseyova va Ido Braslavski yaratgan printer hozircha faqatgina xamirni bosishni biladi, biroq turfa xil yeguliklarni bosish salohiyatiga ega.
Bunday bosma uchun olimlar kaloriyalarni saqlamaydigan natural tola – nanotsellyulozani yaratishdi. Ular bu moddani bir necha yil davomida o‘rganib, insonning ovqat hazm qilish trakti uni hazm qila olishi haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar bu moddani oqsil, uglevod, yog‘lar, antioksidantlar va vitaminlar bo‘lgan kartrijlarda aralashtirishmoqchi.
Bu 3D-printerlar kartrij ichidagi masalliqlarni infraqizil lazer bilan qizdirib va unga kompyuter dasturi tomondan tanlangan oziq-ovqat xom ashyosi shaklini beradi. Harorat ta’sirida nanotsellyuloza kartrijdagi masalliqlar bilan birlashadi, lazer bilan ishlov berish bosilgan taomga pishgan, qovurilgan yoki grilda tayyorlangandek ko‘rinish beradi. Olimlarning fikricha, iste’molchilar bunday ko‘rinishdagi taom bilan sintetik taom tanovul qilishayotgani fikriga osonroq ko‘nikadilar.
Olimlar shu tariqa oziq-ovqat 3D-texnologiyasidagi “Taomni bosishning o‘zi nima keragi bor?” degan bosh savolga javob bera oldilar. Ularning fikricha, bunday taomlar qat’iy parhezga rioya qiluvchilar: vegetarianlar, diabetiklar, sportchilar, allergiyaga moyil bo‘lganlar, xullas nima yeyayotganiga juda e’tiborli bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha uchun kerakdir.
Ixtiro mualliflari yeguliklarni printerlarda bosish jarayonini tijoratlashtirish imkoniyatini sarmoyachilar bilan muhokama qilmoqdalar. Agar hammasi risoladagidek ketsa, bunday 3D-printerlar umumiy ovqatlanish joylarida 2 yil ichida, xonadonlar oshxonalarida esa 5 yildan keyin paydo bo‘ladi.
“Hammasi bittada” yangi konsepsiyasini Soylent kompaniyasi ilgari surmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u ishlab chiqaradigan eruvchi kukunda inson uchun barcha zarur ozuqa moddalari bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”