date

Android operasion tizimidagi nosozlik 1 milliard qurilmaga xavf solmoqda

Android operasion tizimidagi nosozlik 1 milliard qurilmaga xavf solmoqda

Zimperium kompaniyasi mutaxassislari Android operasion tizimida 1 milliarddan ortiq mobil qurilmaga xavf solayotgan nosozlik mavjudligini aniqladi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Iyul oyida Zimperium kompaniyasi xodimi huquqbuzarlarga Android operasion tizimida ishlaydigan qurilmani buzib kirib, uning xotirasidagi barcha ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradigan Stagefright deb nom olgan nosozlikni aniqlagandi.

Bunda qurilmaga buzg‘unchi kod o‘rnatilgan videodan iborat MMS’ni yuborish orqali buzib kiriladi. O‘shanda mazkur muammoni tezkor yangilanishlar bilan bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingandi.

Biroq xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar Stagefright 2.0 nosozligini aniqladi. Endi huquqbuzarlar zararlangan faylni foydalanuvchi tomonidan yuklanayotgan audio va videoga joylashtirib qo‘yishi, shuningdek, smartfonni ko‘chirilayotgan faylni oldindan ko‘rish vaqtida zararlashi mumkin.

Qurilmani zararlaganidan so‘ng, huquqbuzarlar foydalanuvchining suhbatlarini yozib olishi, uning yozishmalarini o‘qishi va gadjetning vositalari, masalan, kamerani harakatga keltirishi mumkin. Muammodan xabardor qilingan Google tez orada Android’ning mazkur nosozlik bartaraf etilgan yangi versiyasi chiqarilishini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Android operasion tizimidagi nosozlik 1 milliard qurilmaga xavf solmoqda