HMD Global kompaniyasi arzon Nokia 2 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Kompaniya ta’kidlashicha, smartfon bir marta olgan quvvat ikki kunga yetadi. Bunda qurilma odatdagi sozlamalar bilan 5 soat davomida qo‘llanilgan (o‘yinlar, qo‘ng‘iroqlar, video, internet va boshqalar), kechasi esa kutish rejimiga o‘tkazilgan. Akkumulyator sig‘imi — 4100 mA/soat.
Dizayn jihatidan smartfon boshqa zamonaviy Nokia smartfonlariga o‘xshash. Korpusiga asos qilib alyuminiy rom olingan, orqa korpus esa polikarbonatdan. Qurilma IP52 standarti bo‘yicha chang va yomg‘irdan himoyalangan.
Nokia 2 5 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli Snapdragon 212 chipi, 1 Gb tezkor va 8 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. U Android 7 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi