17:17 / 02.11.2017
6 011

Apple'da ilk bor: iPhone X eksklyuziv ringtonga ega bo‘ldi

Apple'да илк бор: iPhone X эксклюзив рингтонга эга бўлди
Braziliyalik bloger Gilerme Rembo Twitter'da Apple kompaniyasining yangi iPhone X smartfonlari qo‘ng‘irog‘ining musiqasi bilan bo‘lishdi.

Rington "Ko‘zgu" (Reflection) nomini olgan bo‘lib, u kompaniyaning boshqa smartfonlarida bo‘lmaydi. Yangi maxsus rington gardishsiz modelning o‘ziga xosligini yana bir bor tasdiqlaydi.

U qanday jarang sochadi deysizmi? Eshitib ko‘ring.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu kompaniya smartfoni eksklyuziv rington olgan birinchi holat. Ta’kidlash joizki, iPhone 7, 8 kabi smartfonlar egalari ham o‘z xohishlariga ko‘ra ushbu musiqani internetdan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple'da ilk bor: iPhone X eksklyuziv ringtonga ega bo‘ldi