
Yoqimtoy pingvin ko’rinishida ishlangan robot o’z ixtirochilari sharofati bilan arg’amchida sakrashni o’rgandi va jahon rekordchisiga aylandi.
“Jumpen” nomli ushbu robot Yaponiyaning Milliy texnologiya universitetida ishlab chiqilgan va yaqindagina Tokiodagi tadbirlarning birida omma e’tiboriga taqdim etilgan edi.
Xabar berilishicha, pingvin aynan tadbir paytida arg’amchi sakray olishini barchaga namoyish etgan. Yoqimtoy robot 1 daqiqa ichida 106 marta arg’amchi sakrab, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar