date
views 5 905

Ilon Mask bitkoinni o‘ylab topgani haqidagi savolga javob berdi

Ilon Mask bitkoinni o‘ylab topgani haqidagi savolga javob berdi
SpaceX va Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning ma’lum qilishicha, u bitkoinni o‘ylab topgan inson emas. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

«Bu yolg‘on. Do‘stim bir necha yil muqaddam menga bir necha bitkoinni yuborgandi, biroq men ular hozir qayerda ekanini ham bilmayman», - deya javob bergan Mask bitkoinni yaratishga aloqadorligi bo‘yicha berilgan savolga.

Shuningdek, milliarder o‘zga sayyoralik ekani haqidagi eski nazariyani tasdiqlagan.

«Men avval ham aytganimdek, aniq marslikman», - deya yozdi Mask.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX’dagi sobiq amaliyotchi Saxil Gupta milliarder Ilon Mask Satoshi Nakamoto taxallusi ostida bitkoinni yaratgani haqida ma’lum qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask bitkoinni o‘ylab topgani haqidagi savolga javob berdi