O‘zbekiston internet orqali ekstremistlarni aniqlashni boshladi

O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari ekstremistik guruhlarning internetdagi faolligini inobatga olgan holda bu yo‘nalishga ham o‘z xatti-harakatlarini qaratmoqda. Jumladan, oktbyar oyi mobaynida Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida internet orqali odamlarni yollashga bo‘lgan harakatlar amalga oshirilayotganligi fosh etildi.
3 oktyabr kuni Qashqadaryoda 2 fuqaro mana shunday ayblov bilan sud qilindi. Aytilishicha, 2 ayol WhatsApp messenjeri orqali targ‘ibot ishlarini olib borgan. Tashkilotchi Shahlo Qudratova 7 yilga, uning sherigi Nilufar Abdullaeva 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Farg‘ona viloyatida qo‘lga olinganlar ham 2 nafar ayol bo‘lib, ular maktabda dars berishgan. 9 oktyabr kuni Qo‘qonda ular IShID g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilinib, qo‘lga olindi.
Manba: Central Asia Online “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing