date

Apple iPhone egalaridan 5 mln dollar tunadi

Apple iPhone egalaridan 5 mln dollar tunadi

Uilyam Skott va Syuzann Shmidt Fillips Apple kompaniyasini sudga berdi. Foydalanuvchilar da’vo arizasida iPhone’lari operasion tizimini iOS 9 gacha yangilagandan so‘ng, trafik xarajatlari sezilarli darajada oshganligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda «Hi-Tech Mail.ru»ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Natijada mobil internetdan foydalanganlik uchun hisob besh million dollarni tashkil etdi. Foydalanuvchilarning so‘zlariga qaraganda, barchasiga yangi operasion tizimda paydo bo‘lgan «Wi-Fi yordam» funksiyasi aybdor. Bunda iOS 9 mobil internet va Wi-Fi orqali ulanish sifatini taqqoslab ko‘radi va tezligi yuqori kanalni tanlaydi. Bunda tekin Wi-Fi’dan pullik mobil ulanishga o‘tishni tasdiqlash haqida so‘rov yuborilmaydi. Natijada internetning unumli ishlayotganidan xursand bo‘lgan foydalanuvchi bu unga qanchaga tushayotganligini xayoliga ham keltirmaydi.

Ko‘plab shikoyatlarga javoban Apple o‘zining rasmiy saytida «Wi-Fi yordam» funksiyasining to‘liq tavsifini keltirdi. Agar mobil internetingiz cheksiz bo‘lmasa, ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone egalaridan 5 mln dollar tunadi