Apple iPhone egalarini 5 mln dollarga “tushirdi”

Uilyam Skott i Syuzann Shmidt Filips ismli foydalanuvchilar sudga Apple ustidan da’vo bilan chiqishdi. Da’vo arizasida iPhone operasion tizimini iOS 9ga yangilangandan so‘ng trafik sarfi ancha ortib ketgani, Apple esa bu haqda oldindan ogohlantirmagani yozilgan. Bu internet foydalanuvchilariga 5 mln dollarga tushgan.
Mijozlar “Wi-Fi yordami” funksiyasi barchasiga sababchi, deb hisoblashadi. Bu funksiya yangi operasion tizimda paydo bo‘ldi va standart holatda faol bo‘ladi. iOS 9 Wi-Fi ulanganlik darajasini avval tekshirib, so‘ng tezroq va barqarorroq ishlaydigan kanalni tanlaydi. Bepul Wi-Fi ulanishdan pullisiga o‘tganida tizim foydalanuvchi tasdig‘ini so‘ramaydi. Natijada “olmafon” foydalanuvchisi uchqur internetdan zavqlanib, cho‘ntakka etadigan zararni xayoliga keltirmaydi.
Bu hol Applening mobil operasion tizimidan shikoyat qilganlarning birinchisi emas, ilgari ham trafikning ortib ketishidan bir qator arzlar bo‘lgan edi. Bu muammoga uchramaslik uchun sozlamalarning “Uyali aloqa” bo‘limiga kirib “Wi-Fi yordami” funksiyasi o‘chirib qo‘yiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing