11:55 / 18.12.2017
6 075

2017 yil sarhisobi: “Google” qidirilgan eng ommabop savollar

2017 yil sarhisobi: “Google” qidirilgan eng ommabop savollar
Bugungi kunda barchaning beminnat ko’makchisiga aylangan “Google” qidiruv xizmatining rasmiy Youtube kanalida yil davomida eng ko’p izlangan savol va hodisalar ro’yxati e’lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, jahonning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi insonlar prezidentlik saylovlarida g’olib bo’lgan Donald Tramp va Emmanuel Makron shaxsiga oid yangiliklar bilan qiziqqanlar. Shuningdek foydalanuvchilar quyosh tutilish hodisasi va norozilik namoyishlari haqidagi ma’lumotlarni ham juda ko’p izlashgan.

Qidiruv xizmatiga kiritilgan savollar orasida esa “O’rmon yong’inlari qanday boshlanadi?”, “KXDRning raketalari qancha uzoqlikkacha ucha ola?”, “Bo’ronlar qanday qilib shakllanadi?”, “Dovul paytida kuchukni qanday tinchlantirish mumkin?”, “Suv toshqini qurbonlariga qanday yordam ko’rsatish kerak?” degan savollar eng ommaboplari sanalgan.

Shuningdek, internet foydalanuvchilarini qochqinlar, AQSH va Meksika orasidagi devor qiymati, dunyoning turli burchaklarida sodir bo’layogan teraktlar haqidagi ma’lumotlar ham qiziqtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2017 yil sarhisobi: “Google” qidirilgan eng ommabop savollar