06:50 / 20.12.2017
5 074

Xiaomi $6 dollarlik, tok sig‘imi hayratlanarli poverbankni taqdim qildi

Xiaomi $6 dollarlik, tok sig‘imi hayratlanarli poverbankni taqdim qildi
Nafaqat Xiaomi smartfonlari, balki bu brend ishlab chiqarayotgan aksessuarlar ham o‘zining arzon va sifatli ekani bilan tobora e’tiborni qozonib bormoqda. Bu kabi qo‘shimcha mobil vositalar orasida, ayniqsa tashqi akkumulyatorlarning ilg‘or funksiyalari oxirgi vaqtlarda ko‘p gapirilmoqda.

Xiaomi'ning Power Bank turkumi doirasida portativ batareyalar ko‘p taqdim qilinmoqda. Ulardagi minimal dizayn, ixcham va foydalanishga qulaylik hamda sig‘imdorlik — mazkur gadjetlarning narxiga munosibligini ta’minlab beradi. Bugun esa kompaniya Power Bank turkumida «ZMI Power Bank Mini» nomli hamyonbop gadjetini taqdim qildi. Uning bahosi 6 AQSh dollari hamda elektr toki sig‘imi 3000 mA soat.

Bu Xiaomi hozirgacha taqdim qilgan eng jajji akkumulyator. ZMI Power Bank Mini korpusining uzunligi 10,1 sm, akkumulyatorda 2 ta USB bor: ulardan biri microUSB 2.0 formatida, ikkinchisi to‘liq hajmli USB port.

Bunday Power Bank cho‘ntakka muammosiz sig‘adi va biror noqulaylik keltirib chiqarmaydi. Bu batareyka 5V/1A (5Vt) kuchlanishidagi tokni uzatadi va tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ishlab chiqaruvchi mazkur akkumulyator to‘liq quvvat olishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishini ma’lum qilmagan. Korpusda svetodiodli tugma bo‘lib, 4 rangli indikator o‘rnatilgan va bu quvvatlash holati to‘g‘risida foydalanuvchini boxabar qiladi.

Qadoqda Power Bank bilan birga quvvatlash uchun MicroUSB kabeli ham taqdim qilingan. Xitoyda ZMI Power Bank Mini uchun $6 AQSh dollari so‘rashmoqda.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi $6 dollarlik, tok sig‘imi hayratlanarli poverbankni taqdim qildi