08:34 / 22.12.2017
4 957

Olimlar korrupsiyani bashorat qiluvchi neyrotarmoqni yaratdi

Olimlar korrupsiyani bashorat qiluvchi neyrotarmoqni yaratdi
Ispaniyaning Valyadolid universiteti va Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi olimlari Ispaniya iqtisodiyot vazirligi ko‘magida korrupsiya holatlari ehtimolini bashorat qiluvchi neyrotarmoq yaratdi. Bu haqda «Izvestiya»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Olimlar hududdagi makroiqtisodiy va siyosiy ko‘rsatkichlar asosida korrupsiyani bashorat qiluvchi modelni yaratdi. Model hududning xususiyatlaridan kelib chiqib uch yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i uchun korrupsiya yuzaga kelishini bashorat qilishga imkon beradi.

Tadqiqot poraxo‘rlikning tarqalishiga sabab bo‘luvchi omillar sifatida mol-mulk solig‘ining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish, turar joyning qimmatlashuvi, depozit muassasalari va nomoliyaviy firmalar sonining ko‘payishi, shuningdek, hukumat tepasida bitta siyosiy partiyaning uzoq vaqt davomida turishini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar korrupsiyani bashorat qiluvchi neyrotarmoqni yaratdi