13:48 / 22.12.2017
5 787

Odnoklassniki 4K standartida onlayn translyatsiyalarni ishga tushirmoqda

Odnoklassniki 4K standartida onlayn translyatsiyalarni ishga tushirmoqda
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘z videoplatformasi asosida Ultra HD (4K) sifatli onlayn translyatsiyalarni amalga oshira boshlaydi. 4K standartidagi birinchi translyatsiya 23 dekabr kuni “Telesport” tomonidan namoyish etiladi va unda futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining Vasiliy Utkin sharhlaydigan «Real» — «Barselona» baxsi bo‘ladi. OK Yevropada va barcha ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidabirinchi bo‘lib professional translyatsiyalarni yuqori darajali aniqlikda o‘tkazadi.

4K standartidagi translyatsiyalar videokontentning barcha ishlab chiqaruchilari va namoyish etuvchilari uchun mavjud. Ultra HD (4K) standartida translyatsiyalarni amalga oshirish OK videoplatformasida GPU-kartalarida kiruvchi signalni transkodlash va 4K standartini ijtimoiy tarmoqning barcha desktop va mobil ko‘rinishlaridagi videopleyerlari, televizorlarda Smart TV texnologiyalari va “OK video” ilovasidagi Android TVlarda qo‘llab quvvatlanishi orqali yuzaga keldi. O‘z navbatida “Telesport” translyatsiyalarni amalga oshirish uchun o‘zining “Sila” telekanalining asbob-uskunalarini 4K-signali uchun yangiladi.

Odnoklassnikida onlayn translyatsiyalar 2017 yilda eng tez o‘sgan kontent formatlaridan biriga aylandi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarni tomosha qilish soni bir yilda o‘n barobarga o‘sdi. 4K stanartida striming yaratish bu Odnoklassniki videoplatformasining rivojlanishidagi yangi yo‘nalishdir. Ushbu texnologiya tufayli ijtimoiy tarmoqda professional videokontentni translyatsiyasi uchun ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ladi, jumladan real vaqtda yuqori darajali aniqlikdagi sur’at muhim bo‘lgan sport yo‘nalishida.

Ultra HD sifatida translyatsilarga Odnoklassnikidagi videolarni TV-ekranlarda ko‘rishga odatlangan tomoshabinar orasida talab katta bo‘ladi. O‘tgan yil davomida OK kontentini televizorda tomosha qilish ikki barobarga o‘sdi. Keng formatli ekranlarda professional onlayn translyatsiyalarni ko‘rish tomoshabinga maksimal taassurot beradi.

Yuqori darajali aniqlikdagi efir OKning videokontenti tomoshasiga nafaqat Rossiyadan auditoriyani balki, chet-el auditoriyasini xamjalb etish imkoniyatini beradi. Futuresource Consulting ma’lumotlariga ko‘ra 2016 yilda dunyo bo‘yicha 4K standartiga ega televizorlarning sotuvi 25%ni tashkil etgan, 2017 yilda esa ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi yana 38% tashkil etadi deb aytilgan edi. Bunga ko‘ra 4K standartiga ega televizorlar TV bozorining uchdan birini egallaydi.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:

Ultra HD (4K) videosi Odnoklassnikida 3 yil avval paydo bo‘ldi, shu davrdan beri yuqori darajali aniqlikka ega kontent ulushi va tomoshabinlarning unga bo‘lgan talabi o‘sib bormoqda. Bunday turdagi videolarning yagona yetkazib beruvchilari sifatida uzoq vaqtlar faqat professional studiyalar va telekanallar bo‘lib kelmoqla edi. Biroq smartfonlarning takomillashtirish sur’atlari professional 4K video ishlab chiqaruvchilari qatoriga ijtimoiy tarmoq foydalanuchilari ham qo‘shilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda bizning OK Live ilovamiz Android platformasida Full HD standartidagi mobil striming yarata oladigan yagona ilovadir. Har kuni ilova orqali 40 ming translyatsiyalar yaratilmoqda. Moslashuvchan striming, tarmoq sharoitlari va uskuna imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda tomoshabinga avtomatik tarzda SD standartidan to 4K standartidagi video taqdi etiladi, bu esa sutkasiga yarim milliard tomoshani ta’minlaydi. 2018 yilda biz Ultra HD kontentiga katta qiziqish bo‘lishini kutomqdamiz va hamkorlarimizga uni ijtimoiy tarmoqda translyatsiya qilish uchun imkoniyatlar yaratishga tayyormiz.

Ilya Rustamov, Telesport Group bosh prodyusseri:

4Kda translyatsiyalar bu professional videokontent rivojlanishining yangi bosqichidir va biz Odnoklassniki bilan birgalikla ushbu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yayotganimizdan hursandmiz. 2018 yilda juda ko‘p sport voqealari kutilmoqda va biz yuqori darajali aniqlikka ega translyatsiyalarga auditoriya qiziqishi oshishini kutmoqdamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki 4K standartida onlayn translyatsiyalarni ishga tushirmoqda