date

Jahonda ilk bor 5G tizimi yaratilingani e’lon qilindi

Jahonda ilk bor 5G tizimi yaratilingani e’lon qilindi

Janubiy Koreyaning SK Telecom aloqa kompaniyasi mobil internetning beshinchi avlodi bo‘lmish 5G yaratilingani haqida ma’lum qildi. Bu haqda CNet'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ayni damda Janubiy koreyaliklar jahonda eng tez internetdan foydalanuvchilar hisoblanadi. SK Telecom er yuzidagi eng yirik operator bo‘lib, ilk bor 5G tizimidan foydalanadigan operator bo‘lishi kutilmoqda. Kompaniya soniyasiga 19,1 Gbit tezlikda ishlaydigan internet tavsiya etmoqchi. Bu ayni damdagi soniyasiga 25 Mbit ishlaydigan 4G tizimidan 1000 marta kuchli demakdir. Bunaqa tezlik 2 GB hajmga ega bo‘lgan filmni soniyalarning ma’lum bir qismida yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Manbalarda keltirilishicha, AQSh ushbu tizimga 2017 yilda, Avstrliya esa 2020 yilda o‘tishni rejalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Jahonda ilk bor 5G tizimi yaratilingani e’lon qilindi