Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X

Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X
Telegram messenjeri jamoasi iOS bazasidagi smartfonlar uchun Telegram X muqobil ilovasini ishlab chiqardi. Yangilanishlar orasida — to‘q rangli mavzu, Swift'ga ko‘chirilgan manba kodi va energosamaradorlik.
Telegram iOS-смартфонлар учун муқобил версиясини ишлаб чиқарди — Telegram X
App Store do‘koni asoschisi haqidagi ma’lumot ilova haqiqatda ham Telegram jamoasi tomonidan ishlab chiqilganidan dalolat bermoqda. Ilova Telegram Messenger LLP kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan — xuddi shu kompaniya messenjerning desktop versiyasini App Store'da, Android uchun ilova versiyasini esa Google Play'da taqdim etadi.

Bloger Ilya Kazakov messenjerning qo‘llab-quvvatlash markazi bilan yozishmalarning skrinshotini taqdim etdi, unda yangi ilovaning rasmiy maqomi tasdiqlangan.
Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X
Ilova App Store'da xuddi shunday ID bilan do‘konda taqdim etilgan Telegram HD nomi ostidagi iPad uchun mijoz o‘rnini egalladi.

Yangi ilova iPhone va iPad'da ishlaydi. Tavsifda Telegram X ishlab chiquvchilari uning to‘liq Swift dasturlash tilida yozilganini, messenjer uchun to‘q rangli mavzuni o‘rnatish imkonini berishini va asosiy versiyadan tezroq ishlashini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar