07:29 / 26.12.2017
5 877

Xiaomi hech kim kutmagan hamyonbop smartfonni taqdim etdi!

Xiaomi hech kim kutmagan hamyonbop smartfonni taqdim etdi!
Keyingi bir necha oy mobaynida, 2017 yilning oxirigacha Xiaomi korporatsiyasi hamyonbop Redmi Note 5 smartfonini namoyish etishi haqida gap-so‘zlar tarqalib kelayotgandi. Uning xususiyatlari narxiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishini, standart microUSB portiga, metall korpusga, shuningdek tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli romsiz ekranga ega bo‘lishini aytishayotgandi. Biroq yaqindagina kompaniyaga yaqin bitta manba, bu yil mazkur model chiqarilmasligini ma’lum qilgandi.

Ammo kechagina – 24 dekabrda «xitoylik Apple» hech kim kutmayotgan shu qurilmasi – Redmi Note 5 fabletini baribir taqdim etdi. Faqat uning xususiyatlari hamma kutayotganidan boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Ushbu modelllar qatoriga mansub qurilmalar endi oddiy (Note emas) Redmi turkumi nomida, faqat Plus qo‘shimchasi bilan ataladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday yondashuv Xiaomi’ga marketingga sarflanadigan birmuncha mablag‘ni tejash imkonini beradi, zero, shu yo‘l bilan bir vaqtning o‘zida ikkita smartfonni reklama qilish mumkin.

Xullasi kalom, Xiaomi Redmi Note 5 (Redmi 5 Plus) smartfonining texnik xususiyatlariga kelsak, u 5,99 dyuymlik diagonalga ega IPS-ekran bilan jihozlangan. Displeyning tasvir aniqligi 2160x1080 pikselli, ya’ni Full HD+ formatida. Qurilma 3/4 GB tezkor hamda 32/64 GB doimiy flesh-xotiraga ega talqinlarda ishlab chiqariladi, yana 128 gigabaytgacha hajmli microSD xotira kartasi ham qo‘yish mumkin. Gadjetning asosiy kamerasi 12, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli suratlar ola biladi. Devays microUSB porti, barmoq izi skaneri, Wi-Fi 802.11n hamda Bluetooth 4.2 LE modullari bilan ta’minlangan, akkumulyatorining sig‘imi esa 4000 mA/soatni tashkil etadi.

Redmi 5 Plus smartfoni hozircha faqat Xitoyda savdoga chiqarilgan. Ammo kelasi yil boshidanoq uni boshqa hududlar bozorlariga ham taqdim etishadi. Agar ungacha kutmasdan, mazkur modeldan xarid qilishni istasangiz, onlayn savdo platformalari orqali olish imkoni mavjud.

Endi aniq ishonch bilan ayta olamiz – Redmi Note 5 modelini kutmay qo‘yaverish kerak. Zero, Xiaomi korporatsiyasi bu borada to‘laqonli rebrending o‘tkazishga qaror qilgan.

Kim biladi, balki kompaniya hali keyingi yil boshqa mobil qurilmalarini ham o‘zgacha nomlar bilan atab chiqarar. Bu ish faqatgina marketing uchun amalga oshirilmasligini ham tushunish darkor. Nomlarning imkon qadar kamroq bo‘lishi ishlab chiqaruvchining smartfonlarini iste’molchilar yaxshiroq anglashlari uchun ham kerak. Axir, G‘arb sari dadil yurish qilayotgan xitoylik kompaniya uchun yangi bozorlardagi xaridorlarni soddalik bilan ham jalb etish muhim-da.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi hech kim kutmagan hamyonbop smartfonni taqdim etdi!