AKKet.com portali istalgan smartfon tez quvvatsizlanib qolishining 6 ta asosiy sababini keltirib o‘tdi. Quyida keltirilgan tavsiyalarga amal qilish har qanday gadjetning avtonom ishlashini 10-40 foizga oshirishga imkon beradi.
Birinchidan, ekran qanchalik yorqin bo‘lsa, batareya shunchalik ko‘p quvvat ishlatadi va mos ravishda tezroq quvvatsizlanadi. Shu sababli ekranning avtomatik yorqinligini o‘chirib qo‘yish yoki uni o‘zingizning ehtiyojingizga mos holda sozlash lozim.
Ikkinchidan, uyali aloqa operatori tarmog‘i ham smartfonni quvvatsizlantiradi. Doimiy ravishda 3G/4G yoki Bluetooth orqali biror narsaga ulangan telefon ulanmaganiga nisbatan tezroq quvvat yo‘qotadi.
Batareyani, shuningdek, fon rejimida ishlovchi dasturlar ham tez quvvatsizlantiradi. Bu holda majburiy ravishda dasturlarga fon rejimida ishlashni taqiqlovchi Battery Doctor kabi maxsus dasturlardan foydalanish mumkin.
“Jonli tasvirlar”dan (jivoy oboy) foydalanish ham protsessor va grafik tezlashtirgichga muayyan yuklamani vujudga keltiradi. Buning oqibatida gadjet nafaqat sekinroq ishlaydi, balki tezroq quvvatsizlanadi.
Shuningdek, “Ekranning avtomatik burilishi” funksiyasi ham quvvatni “tez yeydi”. Quvvatni bekorga sarflamaslik uchun, ekranni bir xil – vertikal vaziyatga qo‘yish kerak. Zarurat bo‘lganda “avtomatik burilish” funksiyasini yoqish mumkin.
Smartfonni ko‘chada sovuq bo‘lganda ishlatmaslikka harakat qiling. Gap shundaki, sovuq harorat akkumulyatorlarga salbiy ta’sir qiladi: ular tezroq quvvatsizlanadi va hattoki o‘chib qolishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas