08:00 / 18.01.2018
5 988

«Android» dasturi sifatida «niqoblangan» virus keng tarqaldi

«Android» dasturi sifatida «niqoblangan» virus keng tarqaldi
«Kasperskiy Laboratoriyasi» xavfsizlik xizmati «Android» tizimidagi smartfonlarni kuzatishga mo‘ljallangan yangi zararli virusni aniqladi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, zararli virusning nomi «Skygofree» (birinchi bor ushbu virus aniqlangan domen nomi) bo‘lib, odatda mobil qurilmalar uchun soxta saytlardan yuklanuvchi dastur sifatida «qiyofalanadi».

Virus «mobil internet tezligini oshirishni» va’da qiladi, biroq uni o‘rnatganingizdan so‘ng, sizga quyidagi zararlarni yetkaza boshlaydi:
  • Qurilma turgan joyni aniqlaydi va uchinchi shaxs so‘roviga asosan ovoz yozib oladi;
  • Wi-Fi tarmog‘iga ulanganida brauzer tarixi va kiritilgan parollar kabi ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;
  • «Accessibility Services» orqali «WhatsApp»dagi yozishmalarni o‘qiy oladi;
  • Smarfon har safar blokdan chiqarilganida frontal kamera orqali suratga oladi;
  • Qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar, taqvimdagi qaydlar va foydalanuvchining boshqa ma’lumotlaridan foydalana oladi.

Virusdan saqlanish choralari: «Android» amaliy tizimining so‘nggi talqinlari «Skygofree» virusining ishiga xalaqit beradi va yovuz niyatli kimsalar smartfoningizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Eng asosiysi, tanish va ishonchli bo‘lmagan manbalardan mobil dasturlarni ko‘chirib olishdan saqlanish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Android» dasturi sifatida «niqoblangan» virus keng tarqaldi