23:50 / 26.01.2018
6 321

O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston yaqin vaqtlarda o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

«Bu bizning strategik yo‘nalishlarimizdan biri. Aerokosmika sohasidagi ishlanmalar yo‘qotildi, 25 yil davomida bu sohada hech qanday ish qilinmadi, shuning uchun biz hozir o‘z aerokosmik zonamizdan foydalanmaymiz», — dedi vazir.

«Hozirda ushbu sohada strategik rejalar ishlab chiqilmoqda va eng katta qadamlardan biri o‘z sun’iy yo‘ldoshlarimizning uchirilishi bo‘ladi», — dedi Ibrohim Abdurahmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi hayotning ko‘plab sohalari, jumladan televideniye va internetni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir eng asosiy vazifalar sifatida aerokosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etishni ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturida 2035 yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda milliy aviatsiya sohasini qayta tiklash haqida ham so‘z boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda