16:06 / 28.01.2018
5 143

Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi

Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi
Apple korporatsiyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Stiv Voznyak o‘zidagi barcha bitkoinlarini, ya’ni raqamli tarmoqdagi kriptovalyutalarini sotib yubordi. Bu to‘g‘rida uning o‘zi Stokgolmda o‘tayotgan biznes-forumda ma’lum qilgan.

Nufuzli Business Insider nashriga ko‘ra, Voznyak kriptovalyutalarni 2017 yilning yozida sotib olgan. O‘shanda bir bitkoin tangasining narxi 700 AQSh dollari bo‘lgan. U bularni qiziqish va tajriba uchun xarid qilgan. Stiv Voznyak necha dona bitkoin xarid qilganini aytmagan.

Ko‘p o‘tmasdan kriptovalyuta narxi keskin oshib, bir dona raqamli tanganing bahosi 20 ming dollar. Voznyak fursatdan foydalanib, barcha bitkoinlarini sotib yuboradi. Shundan so‘ng, "raqamli oltin" bahosi ko‘p o‘tmasdan 20 ming dollardan 8 ming dollargacha arzonlashib ketgan.

"Men nuqul bitkoin narxining ortidan xavotir oladiganlardan biri bo‘lishni, hadeb uning narx-navosidan tashvishga tushib yurishni xohlamayman", — deydi u.

"Mening holatimda xavotir va halovatning borligi — mening baxtli hayotimning muhim bir bo‘lagidir. Shu boisdan ham, hamma virtual tangalarimni sotdim va ulardan xalos bo‘ldim", — fikrini to‘ldirdi Voznyak.

Biroq, bu inson o‘z vaqtida mazkur virtual valyutaning ommalashuviga ham xizmat qilgan. Uning "Bitkoin oltindan yaxshi!" degan so‘zlari ko‘pchilikni onlayn tanga sotib olishga majbur qilgan.

Shu bilan birga, dekabrda Emil Oldenburg — Bitcoin.com kompaniyasi, yirik tarmoqli saytlardan birining asoschisi ham o‘zidagi barcha bitkoinlarini sotib yuborgan edi. Biznesmenning fikriga ko‘ra, bitkoin savdo valyutasi sifatida istiqbolga ega emas.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi