10:03 / 01.02.2018
6 779

Mobil aloqa vositasining "juda katta xavfi" aniqlandi…

Мобил алоқа воситасининг "жуда катта хавфи" аниқланди…
Agar siz mobil aloqa vositangizni yotog‘ingiz oldida qoldirsangiz, unda bu maqola aynan siz uchun!

Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu juda katta xavf!

Hech qanday ikkilanishlarsiz, mobil telefon aloqa vositasi o‘z o‘rnida hayotimiz, koinki tanamizning bir bo‘lagiga aylanib qolgan deb ayta olamiz. Ko‘pchilik uchun uni uyquga ketish oldidan yotoq oldida qoldirish oddiy hol.

Bunga turlicha sabablar keltirish mumkin: kunning istalgan vaqtida aloqada bo‘lish uchun, ba’zi favqulodda holatlar uchun va yoki smartfon uyqu oldidan eng so‘nggi va tongda ko‘zlarimizni ochib, eng birinchi qaraydigan buyumimiz bo‘lgani uchun. Hatto ba’zilarimiz tungi bedor tanishlarimizdan keladigan xabarlarni o‘tkazib yubormaslik uchun ham uni yonimizda olib yotamiz.

Albatta, bu odatlarimizning nojo‘ya ta’sirlari mavjud:
  • Ilmiy jihatdan mobil telefonlardan chiquvchi elektro magnit to‘lqinlari inson organizmi uchun xavfli ekani tasdiqlangan;
  • Tunda smartfon xabarlarini doimiy o‘qib borish ham;
  • Bu kamida 7 soat bardavom etishi kerak bo‘lgan, organizm kunduzi yo‘qotgan kuchini tiklashi va hujayralar yangilanishi uchun zarur uyquning buzilishiga olib keladi;
  • Bevosita mobil aloqa vositalaridan uzluksiz foydalanish oqibatlarida kelib chiquvchi kasalliklar ham anchagina;
  • Smartfonni organizmga doimiy yaqin olib yurish bepushtlikka olib keladi;
  • Agar uyqu holatida ham ulardan ayrilmas ekansiz, uyqu buzilishlari doimiy bezovtalik va uyqusizlikni yuzaga keltiradi;
  • Eng so‘nggi statistik ma’lumotlar esa qorong‘ulikda smartfon ekraniga tikilish ko‘z nurining keskin tushib ketishi va hatto ko‘z saratonini ham keltirib chiqaradi.

Mana nima uchun mobil telefoningizni yotog‘ingizdan uzoqroq tutishingiz kerak. Biz albatta, sabablarni biroz yumshoqroq keltirdik.

Budilnik uchun ham boshqa bir vositani o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi!
Ziyoda Ziyayeva tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mobil aloqa vositasining "juda katta xavfi" aniqlandi…