Telegramda yangiliklar tasmasi paydo bo’ladi

Telegramda yangiliklar tasmasi paydo bo’ladi
Telegram ijtimoiy tarmog’ining navbatdagi versiyasida yangiliklar tasmasi paydo bo’ladi. Endilikda tarmoq foydalanuvchilari o’z kanallarini tasma guruhiga qo’shishlari mumkin.

Xabarda aytilishicha, tarmoqning yangi versiyasi faqatgina macOS uchun mo’ljallangan. Skrinshotlarga ko’ra foydalanuvchilar bir nechta o’z kanallarini yagona guruhga yiqqan holda Feed (“Yangiliklar tasmasi”) guruhi orqali o’qiyveradilar. Ushbu guruhdagi postlar xronologik tarzda joylashadi.

Ayni paytda 3.8.0 (115837) raqamli yangi beta-versiya “Telegram” saytida ochiq. Yangiliklar tasmasining barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilish sanasi esa hali aniq emas.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar