16:00 / 06.02.2018
4 236

Bitkoinning qulashi davom etadi: U salkam 6 ming dollarga qadrsizlandi

Bitkoinning qulashi davom etadi: U salkam 6 ming dollarga qadrsizlandi
Yanvar oyi oxirlariga kelib, barcha yirik kriptovalyutalar narxi keskin tusha boshlagani haqida xabar bergan edik.

Kriptovalyutalarning qulashi shu bilan to‘xtab qolmadi, aksincha kuchaydi. Tanazzul, ayniqsa, ularning eng yirigiga jiddiy «zarba» bermoqda — bitkoin bir hafta ichida ikki baravarga qiymatini yo‘qotdi. 30 yanvarda u 11 ming dollar atrofida baholanayotgandi, endi esa uning narxi 6150 dollarga tushib qoldi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Narxlarning bunday keskin pasayishiga yapon kriptobirjasi «Coincheck»ning qulashi — 500 million dollarlik kriptovalyutalarning o‘g‘irlab ketilishi asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Birja yaratuvchilari o‘g‘irlangan pullarning 90 foizini qaytarishga va’da bergan, biroq Yaponiya hukumati vaziyatni o‘rganishni boshlab yuborgan. Keyinchalik «Facebook» kriptovalyuta reklamasini taqiqlagan edi.

Bu orada AQShning «PMorgan Chase», «Citigroup» va «Bank of America» kabi yirik banklari kurslarning doimiy o‘ynab turgani uchun mijozlariga o‘z kredit kartalariga kriptovalyutani xarid qilishni man qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitkoinning qulashi davom etadi: U salkam 6 ming dollarga qadrsizlandi