«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i kimdir tomonidan boshqa bir foydalanuvchining «tarixi» skrinshot qilinganida, bu haqda mazkur foydalanuvchiga xabar boradigan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi «Xabar» nashri.
Ekranni skrinshot qilgan foydalanuvchilar postni ko‘rgan odamlar ro‘yxatida yulduzsimon belgi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, postni joylashtirganlarga skrinshot qilingan vaqt borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar bormaydi.
Shuningdek, boshqa bir odamning postini birinchi marta skrinshot qilgan foydalanuvchiga ham ogohlantirish boradi. Unda «Instagram» o‘sha foydalanuvchini uning bu kabi xatti-harakatidan post muallifiga xabar borishi haqida ogoh etadi. Yangi ogohlantiruv funksiyasi hozirda ishlamoqda, biroq barcha foydalanuvchilar uchun emas.
Qiziqarli jihati, ayni paytda ushbu funksiyani aldashning iloji bor: skrinshot qilish uchun smartfonda «Parvoz rejimi»ni yoqib qo‘yish kifoya.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi funksiya «Instagram»dagi foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalaridan qo‘llanilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin