«Google» o‘zining «Chrome» brauzeri oynasiga chiqib qoladigan reklamalarni bloklashni boshladi. Bu bilan kompaniya o‘z daromadlarining bir qismida mahrum bo‘ladi. Yangi funksiya mashhur brauzerning 64-versiyasida paydo bo‘ldi, deb yozadi «Xabar.uz».
«Google»ning reklama bloklovchisi barcha e’lonlarni taqiqlamaydi. U alohida asabga teguvchi reklamalarni bloklaydi va oddiylariga ruxsat beradi. Kompaniyaning asosiy daromadini reklamalardan keladigan pullar tashkil etgani bois, «Google» barcha e’lonlardan voz kechmaydi.
«Ko‘plab foydalanuvchilar odamning asabiga tegadigan rekalamalardan norozi bo‘lib, ularni bloklamoqda. Biroq barcha e’lonlarni bloklash sayt va reklama beruvchilarning zarariga ishlaydi», — deydi «Google» vitse-prezidenti Roy-Chodri.
Xususan, taqiqqa brauzer oynasiga «suzib» chiquvchi reklamalar, katta reklama stikerlari, avtomatik tarzda ishga tushadigan ovozli reklamalar, shuningdek, vaqti belgilangan reklamalar uchraydi. Bundan tashqari mobil qurilmalar ekranining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini egallaydigan reklamalarga ham ruxsat berilmaydi.
«Google»ning ma’lum qilishicha, hozirda saytlarning 42 foizi shu turdagi reklamalarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin