Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistonda birinchi marotaba “Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
“Women Techmakers” – bu “Google”ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. “Women Techmakers” innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.
“Women Techmakers” tadbiri ayollarni yuqori texnologiyalar sohasida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
“Women Techmakers IWD” tadbiri ikki qismdan iborat. Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan ayollar faoliyati bilan tanishadilar. Ular IT-loyihalar ustida ishlash bo‘yicha, shu jumladan xorijiy kompaniyalardagi o‘z tajribalari haqida ma’lumot berishadi.
Kunning ikkinchi yarmida “Women Techmakers IWD” ishtirokchilari turli IT-mahsulotlarni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilim beradigan seminar va mahorat darslarida qatnashishlari mumkin.
Tadbirda 18 yosh va undan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Tadbir — ingliz, o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi. Unda ishtirok qatnashish uchun 2018 yilning 5 martiga qadar https://bit.ly/wtm18tashkent sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi