O‘zbekistonda internet tezligi yil oxiriga qadar avval aytilganidek to‘rt emas, o‘n baravarga oshadi, deb xabar berdi Sputnik nashri.
“O‘zbektelekom” AKning marketing va savdo bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiyning aytishicha, kompaniya bu borada faol ish olib bormoqda.
“O‘zbektelekom” internet tezligini oshirish borasida qo‘shni va boshqa davlatlarning turli aloqa operatorlari bilan ko‘plab kelishuvlarga erishdi. Biz ular taqdim etadigan kanallarni kengaytirishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, asosiy kanallar tezligi pasayganida foydalanish uchun zaxira kanallar tashkil etiladi", – dedi Vishnevskiy.
Xususan, “Rostelekom” bilan yaqinda o‘tkazilgan muzokaralarda internet-kanallarni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
“O‘zbektelekom” Rossiyaning ushbu operatori bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi.
“Biz yil oxiriga qadar internet-kanalni prezident aytganidek to‘rt emas, o‘n baravarga oshirishni ta’minlashni rejalashtirganmiz”, – dedi suhbatdosh.
Uning aytishicha, shu bilan birga tarmoqqa ulanish narxlari ham pasayadi. Ammo iste’molchi uchun qanday vaziyat paydo bo‘lishi provayder va operatorlarga bog‘liq bo‘ladi.
“Gap ”O‘zbektelekom“ narxlarining operatorlar uchun pasayishi haqida bormoqda. Iste’molchilar uchun internet narxini esa har bir provayder o‘zi belgilaydi. Kimdir narxni pasaytirishi, kimdir qo‘shimcha tezlik yoki qo‘shimcha trafik taqdim etishi mumkin”, – dedi Vishnevskiy.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020 yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Hozirda MDH davlatlarida internetga ulanishning o‘rtacha tezligi O‘zbekistondagiga nisbatan o‘n baravar yuqori.
O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiya orqali keluvchi shimoliy-internet kanaldan foydalanadi. Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi janubiy yo‘nalish – Turkmaniston, Eron, Qirg‘iziston, Xitoy orqali internet kanalga ulanish masalasini ko‘rib chiqmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?