UMSning «Millionlar yaqin! » aksiyasi: 14 abonent katta pul sovrinlariga ega bo‘ldi

UMS (Universal Mobile Systems) uyali aloqa operatori tomonidan o‘tkazilgan «Millionlar yaqin! » aksiyasining g‘oliblari aniqlandi.
Sovrin fondi 125 000 000 so‘mga teng bo‘lgan ushbu aksiyada 10 sentyabrdan 31 oktyabrgacha uyali aloqa xizmatlaridan 7 dollardan ortiq summaga foydalangan har bir yangi va amaldagi abonent ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. G‘oliblar esa «Yoshlar» telekanalining jonli efirida maxsus komissiya a’zolari tomonidan lototrondan tasodifiy abonent raqamlarini chiqarish orqali aniqlandi.
Shunday qilib, aksiyaning o‘nta ishtirokchisi 1 million so‘mdan yutib oldi:
97 XX2 05 60
97 XX8 14 68
97 XX3 79 74
97 XX3 00 19
97 XX2 69 93
97 XX7 22 10
97 XX4 77 03
97 XX6 06 55
97 XX0 70 30
97 XX7 44 56
5 million so‘mdan uchta yutuq qo‘yidagi abonentlarga nasib etdi:
97 XX2 91 66
97 XX2 04 70
97 XX9 42 96
Va, nihoyat, 100 million so‘mlik asosiy sovrin egasi 97 XX7 92 02 raqami abonenti bo‘ldi.
«UMS» MChJning marketing va operator biznesini rivojlantirish departamenti direktori Andrey Mamayev shunday deydi:
- UMS aloqa operatori bir yildan kamroq vaqt mobaynida faoliyat olib borayotgan bo‘lsada, uni respublikamizda istiqomat qiluvchi bir milliondan ortiq insonlar tanladi. Biz o‘z faoliyatimiz orqali abonentlarimizni har kuni eng yuqori sifatli ovozli aloqa, uyali Internet va xizmatlar bilan ta’minlashga intilamiz. UMS mijozlari o‘zining operatori, talablarga mos aloqa operatoriga ishonch bildirishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solmoqdamiz. Oldinda abonentlarimizni ko‘plab yoqimli yangiliklar, maxsus takliflar va albatta xizmatlarning o‘zgarmas yuqori sifati kutmoqda.
Hozirda kompaniya qo‘ng‘roq va SMS-xabarlari oqrali aksiya g‘oliblari bilan bo‘glanmoqda, yaqin orada esa ularni rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing