06:05 / 28.02.2018
5 049

“Rolls-Royce” kompaniyasi o‘zini o‘zi qayta tiklay oladigan aviatsion dvigatellarni yaratadi

“Rolls-Royce” kompaniyasi o‘zini o‘zi qayta tiklay oladigan aviatsion dvigatellarni yaratadi
Joriy yilda Singapurda bo‘lib o‘tgan avtosalonda “Rolls-Royce” kompaniyasi o‘zining “IntelligentEngine” nomli yangi dasturini namoyish etdi.

Mazkur dastur doirasida yangi yuqori xavfsizlikka va sun’iy intellektga ega aviatsion dvigatellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sun’iy intellekt yangi dvigatellarga o‘zining va boshqalar tajribasini o‘rganish, yangi texnologiyalarni tadbiq etish, o‘zini tezkorlik bilan qayta tiklash imkoniyatlarini beradi, deb xabar qildi “DailyTechInfo”.

Zamonaviy aviatsion va kosmik dvigatellar — juda murakkab mashina hisoblanadi, ularga nisbatan juda ehtiyotkor munosabatda bo‘lish lozim. Aviatsion dvigatellarni ekspluatatsiya qilish uchun keng ko‘lamli raqamli texnologiyalar, texnik xizmat ko‘rsatish va uni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar zarur. Bunda sun’iy intellekt texnologiyasi bazasida yaratilgan bulutli servislar asosiy rolni o‘ynaydi.

Boshqa dvigatellar xizmati bilan integratsiyalashgani sabab ular o‘zining hozirdagi ahvolini, ishlash rejimini, shuningdek, yoqilg‘i sarfi kabi boshqa parametrlaridan xabardor bo‘ladi. Bu esa unga har qanday o‘zgarishga tezlik bilan moslashish imkoniyatini beribgina qolmay, samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yuqori intellektual qobiliyatga ega dvigatellar tashqi olam bilan munosabatda bo‘lganligi sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘zi topadi va ular haqiqatda sodir bo‘lguniga qadar parvoz xavfsizligini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Rolls-Royce” kompaniyasi o‘zini o‘zi qayta tiklay oladigan aviatsion dvigatellarni yaratadi