13:32 / 06.03.2018
4 732

“Baidu” ovozingizni 95 foiz aniqlikda o‘xshata oladigan dasturni yaratdi

“Baidu” ovozingizni 95 foiz aniqlikda o‘xshata oladigan dasturni yaratdi
“Xitoyning Gugli” nomi bilan tanilgan “Baidu” kompaniyasi sun’iy intellekt sohasida olib borayotgan so‘nggi izlanishlarini ma’lum qildi. Neyron tarmoqlar bazasida ishlaydigan tizim inson ovozini klonlashtirishi mumkin. Dastur odam nutqiga taqlid qilibgina qolmaydi, unga o‘ziga xos xususiyatlarni ham qo‘shishga qodir, deb yozadi “Xabar” nashri.

2017 yilda “Baidu Deep Voice” muhandislar guruhi insonning 30 daqiqalik nutqi asosida uning ovoz klonini yaratishga qodir texnologiyani taqdim etgandi. “Adobe” kompaniyasining “VoCo” dasturi esa ushbu ishni 20 daqiqali nutq orqali eplashni uddalagan edi. Kanadaning “Lyrebird” startapiga esa bu borada atiga bir daqiqa kifoya qilgan. “Baidu”ning yangilangan dasturi esa bir necha soniya ichida ovozni imitatsiya qilishga qodir.

Ushbu texnologiya kelajakda sizning ovozingiz bilan farzandingizga ertak o‘qib berishi yoki qo‘ng‘iroq qilishning imkoni bo‘lmay qolganida u ovozingizni qo‘yib berib uni tinchlantirishi mumkin. Bu shunchaki mazkur texnologiya taqdim etadigan imkoniyatning kichik bir qismi, xolos.

Yangi texnologiya inson ovozini 95 foiz aniqlikda o‘xshatishga qodir. Uni tinglab ko‘rgan odamlar yangilikka 4 balldan o‘rtacha 3,16 ball qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Baidu” ovozingizni 95 foiz aniqlikda o‘xshata oladigan dasturni yaratdi