
“Audi” kompaniyasi “Airbus” hamda “Italdesting” bilan hamkorlikda kelajak transport vositasi — “Pop.Up Next” gibrid avtomobilini yaratdi. Uning asosida ikki kishiga mo‘ljallangan yo‘lovchilar kabinasi mavjud bo‘lib, g‘ildiraklar ustidagi shassiga yoki 4 vintli uchar modulga ulanishi mumkin, deb ma’lum qiladi “Xabar.uz”.
Avtomobil mutlaq elektrlashtirilgan va yengil bo‘ladi, u parvoz uchun ko‘p energiya sarflamaydi. Kabina ichiga 49 dyuymli yuzni tanishga va ko‘z harakatini kuzatishga mo‘ljallangan ulkan displey joylashadi, uni ovoz yordamida boshqarish mumkin bo‘ladi.
Bu hozircha shunchaki konsept bo‘lib, shu turdagi avtomobillar yaqin 10 yil ichidagina paydo bo‘lishi mumkin. Qurilma shaxsiy transport vositasi yoki taksi ehtiyojini bemalol qondira oladi.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.