“Chrome” brauzeridagi barcha parollarni saqlab, uni boshqa menejerga osonlik bilan o‘tkazish usuli

Texno1 daqiqa o'qish4.6K
“Chrome” brauzeridagi barcha parollarni saqlab, uni boshqa menejerga osonlik bilan o‘tkazish usuli
“Google” brauzerining so‘nggi versiyasida barcha parollarni “Excel-fayl”ga saqlab qo‘yish hamda uni boshqa bir dasturga uzatish mumkin, deb xabar berdi “Xabar.uz” nashri.

“Chrome” osonlik bilan turli saytlardagi login va parollarni saqlashni uddalaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik bir talay sabablar tufayli parollarni saqlovchi boshqa mejenerlardan foydalanadi. “Chrome” 64 va undan yuqori bo‘lgan tizimlarda ma’lumotlar barcha resurslarda CSV-fayl ko‘rinishida saqlanadi hamda uni boshqa dasturga “import” qilish imkoni bor.

Mazkur funksiyadan foydalanish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
  • chrome://flags/#password-export manzilidan nusxa ko‘chirib, “Enter” tugmasini bosing;
  • “Password export” funksiyasini faollashtirib, o‘ng tarafdagi “Enabled” punktini tanlang;
  • O‘ng taraf pastdagi ko‘k tugmani bosib brauzerni qayta o‘chirib yoqing;
  • “Chrome” sozlamalariga kiring va qidiruv tugmasi orqali “Parollarni boshqarish” (“Manage passwords”) bo‘limini tanlang;
  • Barcha resurslar boshida turgan “Parollari saqlangan saytlar” yozuvining o‘ng tarafidagi uchta nuqtaga bosib “Eksport qilish”ni tanlang;
  • “Parollar eksporti”ni belgilang va CSV-faylni saqlash joyini tanlang.

Tayyor bo‘lgan faylni osonlik bilan istalgan parollar menejeriga, masalan, “1Password” yoki “LastPass” ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Shuningdek, uni “Excel” orqali ochish va barcha parollarni ko‘rish mumkin. Ular yulduzcha bilan berkitilmagani sabab ehtiyotkorroq bo‘lish talab etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?